«Bavariya» hujumchisi Garry Keyn klub bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha fikrlarini bildirdi.
— Muzokaralar yaxshi o'tmoqda. Hamma ko'rayapti, men «Bavariya»da baxtliman. Bu mening o'yinimda va maydon tashqarisidagi so'zlarimda seziladi. O'ylaymanki, hamma narsa ochiq va halol o'tmoqda. Umid qilamanki, biz kelishamiz, — deydi Keyn, jurnalist Fabrizio Romano so'zlariga ko'ra.
Keyn 2023 yildan beri «Bavariya»da o'ynaydi. Ushbu mavsumda 33 yoshli hujumchi barcha turnirlar bo'yicha yetti o'yinda maydonga tushib, raqiblarining darvozasiga olti marta to'p kiritdi va bir marta golli uzatma berdi.
Keynning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi.
