Kataloniyaning «Barselona» klubi Myunxenning «Bavariya» jamoasining hujumchi yarim himoyachisi Maykl Olishning kelajakdagi karerasi haqida xohishini bilib oldi.
Insayder Ekrem Konur tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma'lumotlarga ko'ra, agar nemis gigantidan ketadigan bo'lsa, yulduz qanot o'yinchisi Ispaniyaning La Ligasiga o'tishni xohlaydi. «Bavariya» esa o'zining eng muhim yulduzlaridan birini yo'qotishni xohlamaydi. Bundeisliga chempioni fransuzni saqlab qolishga qat'iy qaror qilgan.
24 yoshli qanot o'yinchisi «Bavariya» bilan 2029 yilning iyunigacha shartnoma tuzgan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 170 million evroga baholamoqda.
