19 yoshli italiyalik darvozabon Renato Marin «PSJ»dan portugaliyalik «Nasyonal»ga o'tdi. Bu haqda parijliklarning matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, «Nasyonal» Marinni Frantsiya chempionidan bir mavsumga ijaraga oldi. Shuningdek, portugaliyalik jamoaning sotib olish huquqi yo'qligi ta'kidlangan.

O'tgan yozda «PSJ» Marinni «Roma»dan bepul olib kelgan edi. O'shandan beri u uchta o'yinda qatnashib, ikki gol o'tkazib yubordi va ikki marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Marinning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha davom etadi. Transfermarkt mutaxassislari darvozabonni bir million evroga baholamoqda.