24 yoshli qanot o'yinchisi «Monako»dan Magnes Akliush «Pari Sen-Jermen»ga o'tishga bir qadam yaqinlashdi.

RMC Sport ma'lumotlariga ko'ra, «PSJ» Magnes Akliush bilan besh yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Manbaning ma'lum qilishicha, o'yinchi doimo Frantsiyaning eng katta klubiga o'tishni orzu qilgan.

Parijliklar allaqachon «Monako» bilan muzokaralarni boshlaganligi aytilmoqda. Hozircha mamlakat chempioni Akliush uchun qancha to'lashini bilmaymiz. Ammo avvalroq, bitimning qiymati 70 million evro atrofida bo'lishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan.

O'tgan mavsumda Akliush barcha turnirlarda 43 uchrashuvda maydonga tushdi, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.