Rossiyalik sobiq futbolchi Dmitriy Sennikov «Galatasaray» yarim himoyachisi Aleksey Batrakovni hamyurtlari Aleksandr Goloivin bilan taqqoslashni sharhladi.
«Batrakovning istiqboli - Evropaning yetakchi klublaridan birida o‘z o‘rnini mustahkamlash, darajasini isbotlashni davom ettirish. Balki, u yana bir qadam oldinga o‘tishi mumkin. Goloivin esa «Monako»dan keyin oldinga o‘tmagan», - deydi futbol eksperti «Sovet Sport».
Ma'lumki, 21 yoshli yarim himoyachi moskvalik «Lokomotiv»dan «Galatasaray»ga 25 million evro evaziga o‘tdi. Batrakov Istanbulning top-klubi bilan besh yillik mehnat shartnomasini imzoladi.
