«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta o'z tarbiyalanuvchilarining «Oltin to'p» nominatsiyasiga kiritilishi haqida izoh berdi. Ro'yxatda uchta «kanonir» – Gabrie'l, Deklan Rayis va Vilyam Saliba bor.

«Bu klubning hozirgi darajasi, uning qanday yaxshi o'yin ko'rsatishi haqida gapiradi. Bu bizning chiqishlarimizdagi barqarorlikni ham ko'rsatadi. Shaxsiy mukofotlar, jamoa birgalikda ajoyib ish qilgandan so'ng paydo bo'ladi. Buni ko'rish juda yoqimli.

Murabbiylar uchun eng yaxshi mukofotga nominatsiya? Bu mendan kelmaydi, lekin albatta, nominantlar orasida bo'lish men uchun katta sharaf», - dedi Arteta matbuot anjumanida.

«Arsenal» o'tgan mavsumda 2004 yildan beri birinchi marta Angliya chempioni bo'ldi.