Braziliyalik himoyachi Uesli Fransa ikki yevropalik top-klubning qiziqishiga tushdi. Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko'ra, 22 yoshli lateralni Londondagi Arsenal va Madridning «Atletiko» klublari kuzatmoqda.

Klub vakillari o'yinchini Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turida «Roma»ning turk «Fenerbahche»ga qarshi o'yinida (1:0) kuzatishdi.

23 yoshli himoyachi o'zining rimlik jamoasida o'tgan yozdan beri o'ynaydi. Braziliyalik futbolchining italiyaliklar bilan shartnomasi 2030-yilning iyunigacha davom etadi. Transfermarkt Ueslining bozor qiymatini 40 million evro deb baholamoqda.