Fransuz forvardi Milanning «Inter» klubidan Markuss Tyuram APL klublarini qiziqtirmoqda. Bu haqda Football360 jurnalisti Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 29 yoshli forvardni «Tottenhem», «Nyukasl» va «Aston Villa» klublari jalb qilmoqchi. Hozircha hech biri rasmiy taklif bermagan.
Shuni ta'kidlash joizki, «Inter» Tyuramni muhim o'yinchi deb hisoblaydi va uni sotmoqchi emas, ammo 60 million evro miqdoridagi taklif klubning pozitsiyasini qayta ko'rib chiqishga majbur qilishi mumkin.
Hozirgi mavsumda Tyuram barcha musobaqalarda uchta o'yinda qatnashib, bitta gol urdi.
