Angliya Premer Ligasi uchinchi turida eng yaxshi futbolchi tanlandi. Ligani rasmiy saytida yozilishicha, muxlislar ovoz berishida «Arsenal» yarimhimoyachisi Martin Eddegor g‘olib bo‘ldi.
Eddegor ovozlarning 31% ini to‘pladi. Jiddiy raqobatda «Arsenal» kapitanining raqibi «Liverpool» hujumchisi Aleksandr Isak bo‘lib, u 30% ovoz to‘pladi.
O‘tgan yakshanba kuni «Arsenal» «Chelsi»ni derbida 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Martin Eddegor g‘alaba golini kiritdi.
Shuningdek, «Arsenal» Angliya chempionatining uchta dastlabki turini yutqazmasdan o‘tkazdi. Keyingi turda Mikel Arteta jamoasi «Sanderlend»ga qarshi safarda o‘ynaydi.
