Yarim himoyachi «Monako» Lamin Kamara Londondagi «Chelsi»ga o'tishi rejalashtirilgan, ammo so'nggi daqiqada amalga oshmagan transfer haqida fikr bildirdi.
«O'tishni xohlaymanmi? Hozir bu haqida gapirish vaqti emas. Mening ketishim mumkin edi, lekin oxirgi daqiqada bu amalga oshmadi. Bu futbolning bir qismi. Men tezda yangi sahifani ochdim va «Monako» bilan mavsumga e'tibor qaratyapman. Biz bu haqida mavsum tugagach gaplashamiz», — dedi Kamara matbuot anjumanida.
Joriy mavsumda 22 yoshli senegallik futbolchi barcha musobaqalarda beshta o'yinda qatnashdi va bir marta gol urdi.
Kamara bilan «Monako» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning iyunigacha davom etadi.
