Markaziy himoyachi «Liverpul»dan Virgil van Deyk joriy mavsum tugagach, jamoani tark etishi mumkin.
Football Insider ma'lumotlariga ko'ra, 35 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni, MLS va Turkiya klublari qiziqish bildirmoqda. Niderland futbolchisi kelasi yozda «Liverpul» bilan tuzilgan shartnomasi tugashi munosabati bilan har qanday variantni ko'rib chiqishga tayyor. Merseysayd klubi rahbariyati esa himoyachiga yangi shartnoma taklif qilish yoki qilmaslik borasida hali qaror qabul qilmagan.
Van Deyk 2018 yildan buyon «Liverpul»da o'ynaydi. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda to'rt o'yinda maydonga tushdi va hech qanday samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.
