Londonning Arsenal sobiq o'yinchisi Pol Merson «Manchester Yunayted»ning joriy Angliya Premier Ligasi musobaqasidagi istiqbollarini baholadi.
«Menimcha, «MYu» o'tgan yozda yaxshi kuchaytirmadi. Ularning tarkibi chuqur emas. Himoyadagi o'yinlari yomon. Mening fikrimcha, ular Premier Ligada eng yaxshi beshtalikda bo'lmaydi. Ballarni yo'qotish ularga qimmatga tushadi», - deydi Sky Sports mutaxassisi.
Angliya Premier Ligasi boshlanishining dastlabki uch turida «qizil iblislar» to'rt ochko to'plab, turnir jadvalida 11-o'rinni egallashmoqda. «Manchester Yunayted»ning navbatdagi o'yini 13 sentyabr kuni «Manchester Siti»ga qarshi «Old Trafford»da bo'lib o'tadi.
