«Monako»ning sport direktori Tyaqo Skuro, hujumchi Folaring Balogunning yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida «Everton»ga o‘tishidagi muammolar haqida ma'lumot berdi.
«Monako» dastlab Balogunni «Everton»ga sotishga tayyor edi. O‘sha kuni Londonning «Chelsi» klubi monakaliklar bilan yarim himoyachi Lamin Kamarani transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qildi, ammo fransuz klubi senegallikni qo‘yib yuborishga tayyor emas edi. Balogunning sotilishi «Monako»ga katta daromad keltirishi va byudjetni muvozanatlashishga yordam berishi kerak edi, shu bilan birga Kamara jamoada qolishi rejalashtirilgan edi.
Balogun Angliyaga yo‘l oldi va tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Biroq, keyinchalik «Everton» «Monako» bilan bog‘lanib, ko‘rik natijalariga ko‘ra paydo bo‘lgan savollar haqida xabar berdi. Skuronning so‘zlariga ko‘ra, «Monako»ning tibbiy shtabi va o‘yinchining o‘zi uchun bu shubhalar ma'nosiz edi.
«Balogun o‘zini noqulay his qildi, chunki klub unga qanday munosabatda bo‘layotganini his etdi va tibbiy shtab uning kelajagi va salomatligini shubha ostiga oldi. U bu yerda uzoq muddatli shartnoma imzolashga tayyor emas edi», deb keltiradi Skuro Echo.
Nihoyat, Balogun «Everton»ga o‘tishdan bosh tortdi, garchi bitimni rasmiylashtirish uchun shartnomalar imzolangan bo‘lsa ham. Transfer muvaffaqiyatsiz tugagach, «Monako» Kamara sotishni yana ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi, «Everton» esa transfer oynasini jamoada bitta tajribali hujumchi bilan yakunladi.
