«PSJ»ning bosh murabbiyi Luis Enrike jamoani kuchaytirish ustida o'ylamoqda. Arsenaldan Martin Subimenni qo'shib olishni xohlaydi, deya xabar bermoqda El Nacional.
«Subimenni Enrikega himoyadan chiqish, bosim ostida o'ynash va jamoani chuqurdan qo'llab-quvvatlash qobiliyati tufayli yoqadi», - deb yozilgan xabarda.
Shuningdek, Arsenal Subimenni uchun takliflarni qabul qilishga tayyor, agar taklif 80 million evro atrofida bo'lsa.
Martin Subimenni fevral oyida 28 yoshga to'ladi. Jahon chempioni bilan «Arsenal» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029/2030 mavsumi oxirigacha davom etadi.
