«Liverpul» uzoq muddatli rejalari doirasida markaziy himoyachi olishni ko'zlamoqda, chunki Virdjil van Deykning karerasi tugash arafasida. 35 yoshli futbolchi o'zining yuqori darajadagi faoliyatini yakunlashga yaqinlashmoqda va Merseysayd klubi bunga tayyorlanmoqda.

Football Insider xabariga ko'ra, «Liverpul» Virdjil van Deykning Niderlandiya terma jamoasidagi hamkasbi Miki van de Venni sotib olishni rejalashtirmoqda.

«Liverpul» «Tottenhem»ning mavsumni yomon boshlagani va Premier-ligada oxirgi o'rinda ekanidan foydalanishga harakat qilishi mumkin.

25 yoshli Miki van de Ven Transfermarkt portalida 50 million evroga baholangan. U markazda ham, chap qanot himoyasida ham o'ynay oladi.