«Manchester Siti»ga nisbatan bir necha yildan beri moliyaviy qoidalarni buzish bo‘yicha tergov olib borilmoqda. The Athletic xabariga ko‘ra, «shaharchilar» 115 ta ayblovdan 114 tasida aybdor deb topilgan.

«Manchester Siti»ga beriladigan jazolar hozircha aniqlanmagan, ammo jarima, ballarni olib qo‘yish va hatto Angliya Premer-ligasidan chiqarish kabi barcha variantlar ko‘rib chiqilmoqda.

«Manchester Siti»ning apellyatsiya berishi kutilmoqda, ya'ni bu masalada yakuniy qaror chiqarish uchun hali erta.

Oldinroq «Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni buzish bo‘yicha ayblovlarni rad etgan va klubda jiddiy muammolar bo‘lmasligiga ishonch bildirgan.

«Manchester Siti» besh turdan so‘ng Premer-ligada yetakchilik qilmoqda.