Markaziy himoyachi Tosin Adarabioyo «Chelsi»dan «Tottenxem»ga o'tdi.

«Shporlar» 28 yoshli futbolchini yangi o'yinchisi sifatida taqdim etdi. Ingliz futbolchisining shartnomasi muddati oshkor qilinmagan, lekin Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, transfer narxi 8 million evrodan ortiqni tashkil etgan.

Tosin Adarabioyo «Chelsi»da ikki yil davomida o'ynagan. Markaziy himoyachi «ko'k»lar safida barcha musobaqalarda 70 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma bergan. Avvalroq o'yinchi «Fulxem» va «Manchester Siti» jamoalarida ham o'ynagan.

«Tottenxem» yangi Premier-liga musobaqasini ikki o'yinda ikki mag'lubiyat bilan boshladi. 5 sentyabr kuni Roberto de Dzerbi jamoasi «Nottingem Forest»ga qarshi safarda o'ynaydi.