Niderlandiya terma jamoasi va «Sanderlend» hujumchisi Brayan Brobbi top-klubda faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu haqda Football365 xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli hujumchini «Manchester Yunayted» sotib olishga qiziqmoqda. Transfer qishki transfer oynasida amalga oshirilishi mumkin. Bitimning umumiy qiymati 50 million evro deb baholanmoqda.

Brobbi 2025 yildan beri «qora mushuklar» safida o'ynaydi. Niderlandiyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyigacha davom etadi.

Hozirgi Angliya Premier Ligasi mavsumida Brayan beshta o'yinda qatnashib, uchta gol urdi.