«Bormut» rahbariyati Aleks Skottni Londondagi «Chelsi»ga sotish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ma’lum qildi.

Jurnalist Din Jonsning ma’lum qilishicha, «Bormut» Skottni kamida mavsum oxirigacha saqlab qolishga qat’iy qaror qilgan, «Chelsi»ning jiddiy qiziqishiga qaramay. Yanvar oyida transfer deyarli mumkin emas, lekin kelasi yozda Skottni sotish imkoniyati yo‘q emas. Klub ichida futbolchining narxi 110 million evro deb baholanmoqda.

Ushbu mavsumda 23 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarda oltita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatma berdi.