Flanoviy himoyachi «Kristal Pelas» Taiyrik Mitchell Italiyada karerasini davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 27 yoshli futbolchiga Turin «Yuventus» qiziqmoqda. Transfer yanvarda amalga oshishi mumkin. Shartnoma summasi 23,3 million evro atrofida bo'lishi taxmin qilinmoqda.
Biroq, Mitchellga bir nechta Angliya Premer-ligasi klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Mitchell barcha turnirlarda oltita o'yinda maydonga tushdi va ikki gol urdi. Himoyachining «Kristal Pelas» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha davom etadi.
