«Kristal Pelas»ning lateral himoyachisi Tayrik Mitchell yanvar oyida o'z klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur ma'lum qildi.
Futbolchiga bo'lgan raqobatda «Manchester Yunayted» yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, «Liverpul» va Londondagi «Chelsi» ham o'yinchiga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, Mitchellga Turinning «Yuventus» klubidan ham qiziqish bo'lganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Potentsial transfer narxi 23-28 million evro deb baholanmoqda.
Hozirgi Angliya Premyer Ligasi mavsumida Mitchell beshta o'yinda maydonga tushib, ikki gol urdi. Himoyachining «qarg'alar» bilan shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.
