«Borussiya» Dortmund jarohatlangan Yanis Konstantelias uchun tezkor ravishda o'rinbosar izlamoqda. Sky Sport ma'lumotlariga ko'ra, hujumchi yarim himoyachi «Arsenal»dan Ithan Nvaneri transferi uchun nomzodlardan biri hisoblanadi.

Nvaneri o‘tgan yozda Dortmund klubining maqsadi bo‘lgan, ammo o‘shanda tomonlar transfer bo‘yicha kelisha olmagan. Shundan so‘ng, Nvaneri «Arsenal» bilan shartnomasini uzaytirdi va qish faslida «Marsel»ga ijaraga jo'nab ketdi. O'tgan mavsumda u fransuz klubida 11 o'yin o'tkazdi va 2 gol urdi. «Arsenal»da Nvaneri 51 o'yinda maydonga tushib, 10 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.

Transfer bo'yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. «Borussiya» boshqa variantlarni ham ko'rib chiqmoqda.