Angliya Premer Ligasi ko‘plab moliyaviy qoidabuzarliklar haqida ma’lum qildi, bu holat «Manchester Siti»ning 2009/2010 yilidan 2017/2018 yilgacha bo‘lgan davrida sodir bo‘lgan. Jumladan, «shahar jamoasi» soxta shartnomalar tuzgan va moliyaviy hisobotlarni buzib, haqiqiy moliyaviy holatini tartibga soluvchilardan yashirganligi aniqlandi.
«Manchester Siti»ga jiddiy jazolar tahdid solmoqda. Klubning holati haqida sobiq «Manchester Yunayted» kapitani Roy Kin fikr bildirdi.
«Agar men ularning o‘yinchisi bo‘lganimda, medalni 100% axlatga tashlar edim. Albatta, shunday qilardim, chunki bu firibgarlik. Ular maydonda g‘alaba qozonishdi, chunki firibgarlik sodir bo‘lgan. O‘ylaymanki, ularning o‘yinchilari va murabbiyiga juda qiyin bo‘ladi, chunki ular firibgarlik bilan shug‘ullanuvchi egalariga ega bo‘lgan klubni himoya qilishmoqda», - dedi Kin ITV Sportga.
Moliyaviy qoidabuzarliklar davrida «Manchester Siti» uch marotaba Angliya chempioni bo‘lgan.
