Poluzashchitnik «Filadelfiya Yunion» Kavan Salliivan o'z karerasini «Manchester Siti»da davom ettiradi.
«Gorojanlar» uzoq vaqtdan beri istiqbolli futbolchi bilan hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishgan – transfer uning 18 yoshga to'lishidan keyin amalga oshadi. So'nggi paytlarda klubga Premier-ligadagi moliyaviy qoidalarni buzganligi uchun jazo berilishi mumkinligi sababli, bitimning bekor qilinishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, bu gaplar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Amerikalik futbolchi, rejalashtirilganidek, ingliz gigantining safiga qo'shiladi. Uning «Siti» bilan uzoq muddatli shartnomasi kuchda qoladi.
Mish-mishlarga ko'ra, Kavan Salliivanni «Barselona» va madridning «Real» klublari o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. 28 sentyabrda futbolchiga 17 yosh to'ldi.
