Napaduyuvchi «Arsenal»dan Gabriel Jesus allaqachon Barselonaga yetib keldi va yaqin kunlarda katalon klubiga o'tishini yakunlashi kutilmoqda.

Ispan jurnalisti Viktor Navarro xabar berishicha, 29 yoshli braziliyalik tibbiy ko'rikdan o'tadi, so'ngra «Barselona» bilan ikki yilga shartnoma imzolaydi, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Katalonlar «Arsenal»ga 10 million evro to'laydi, yana besh million bonus sifatida berilishi rejalashtirilgan. Jesusning «Barselona»dagi yangi o'yinchi sifatida taqdimoti seshanba yoki chorshanba kunlari bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Jesus «Arsenal»ga 2022 yil yozida, «Manchester Siti»dan Londonga o'tganida qo'shilgan edi.