Yangi «Liverpul» futbolchisi Bradli Barkola ingliz klubi bilan shartnoma imzolagandan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
- Men bu stadionda ikki marta o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldim va «Liverpul» futbolchilarini qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarning atmosferasini ko'rdim. «Liverpul»ning menga qiziqishi haqida eshitganimda, hech qanday savol tug'ilmadi. Men bu juda katta klub ekanligini bilardim, - deydi Barkola «Liverpul»ning matbuot xizmati orqali.
31-avgust kuni «Liverpul» 23 yoshli fransuz hujumchisi o'tishi haqida rasmiy ma'lumot berdi. Futbolchi uzoq muddatli shartnoma imzoladi va yangi jamoada 29-raqam ostida o'ynaydi.
Avval Barkola 2023 yildan beri «PSJ»da o'ynagan.
