Milan rahbariyati yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida futbolchi sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Sports jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, italiyalik klubning qiziqish doirasida Nottigham Forest hujumchi yarim himoyachisi Omari Xatchinson bor. «Rossoneirilar» 22 yoshli o'yinchining transferi bo'yicha «Nottigham Forest»ga so'rov yuborgan.
Xatchinson o'zining «o'rmonchilar» safida o'tgan yilning avgustidan beri o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2030-yilning iyun oyida tugaydi. Transfermarkt Omari Xatchinsonning bozor qiymatini 30 million evro deb baholamoqda.
