«Manchester Yunayted» afsonasi Pol Skoulz 2012 yilda Pol Poggani klubdan ketishiga sabab bo'lganlardan biri ekanligini tan oldi. Bu haqda u The Good, The Bad & The Football podkastida ma'lum qildi.
Skoulz 2011 yil yozida faoliyatini tugatgan, ammo olti oy o'tgach, ser Aleks Fergusonning iltimosiga ko'ra, jamoaga qaytgan.
«Pogba? Ha, yaxshi tanlov! Bilasanmi? Men uning birinchi marta klubdan ketishiga sabab bo'lganlardan biriman. Men 36 yoshimda faoliyatimni tugatdim, keyin qaytib keldim, va Pol asosan asosiy tarkibga kirishga harakat qilayotgan edi. O'ylaymanki, u men qaytganimda o'ynashni kutgan, chunki yanvarda bizda deyarli yarim himoyachilar qolmadi. Biz markazda Rafaela da Silvani va Fil Jonzni o'yinga tushirayotgan edik.
«Pol keyingi yosh o'yinchi edi, u bu darajaga chiqishi kerak edi. U 17 yoshda edi, men har kuni uning qarshisida mashq qilardim, va u o'ynashi kerak deb o'ylardi. Men qaytdim va har hafta o'ynay boshladim, shundan so'ng uning agenti shartnoma takliflarini rad etishni boshladi va shunga o'xshash. O'ylaymanki, shuning uchun u ketdi. Shunday qilib, men qisman javobgarman!»
«Manchester Yunayted»dan ketgandan so'ng, Pogba «Yuventus»da to'rt mavsum o'tkazdi. 2016 yilda ingliz klubi fransuzni rekord 105 million evroga qaytarib oldi. Qaytganidan so'ng, fransuz o'yinchi «Manchester Yunayted»da 200 dan ortiq o'yin o'tkazdi, 39 gol urdi va 51 golli pas berdi.
