«Barselona» yarimhimoyachisi Ispaniya terma jamoasi a'zosi Dani Olmo Xorvatiyaga qaytishi haqida his-tuyg'ularini bayon etdi.

- Bu mamlakat menga hamma narsani berdi. Xorvatiyaga qarshi o'ynash imkoniyati, hatto o'yin Zagrebda bo'lmasa ham, menga alohida his-tuyg'ularni keltiradi. O'yinga oilam va ko'plab do'stlarim keladi. Ertangi o'yinni sabrsizlik bilan kutyapman, - deydi Olmo AS nashriga bergan intervyusida.

Olmo 2014 yilda «Barselona»dan Zagrebning Dinamo akademiyasiga o'tgan. U Xorvatiya klubining asosiy jamoasida besh yildan ortiq vaqt o'ynadi va 2020 yil yanvarida «RB Leypsig»ga o'tdi, shundan so'ng yana Kataloniyaga qaytdi.

Xorvatiya va Ispaniya terma jamoalari 6 oktyabr kuni Splitda uchrashadi.