Londonning «Arsenal» klubining sobiq futbolchisi Rey Parlur «kanonirlar» himoyachisi Maylz Lyuiz-Skelli haqida tarqalgan mish-mishlarga izoh berdi.

Avvalroq, transfer oynasining oxirgi kunlarida «Arsenal» tarbiyalanuvchisini «Manchester Yunayted» sotib olishga harakat qilishi haqida xabar berilgan edi.

«Men bilaman, Maylzga «Manchester Yunayted» yoqayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Lekin men aytishim mumkinki, u albatta «Arsenal»da qoladi. Agar mavsum oxirida u o'ziga yetarli o'yin vaqti yetishmayotganini his etsa, u ketish haqida o'ylashi mumkin. Lekin hozirda u «Arsenal»ni sevadi,» deydi Parlur TEAMtalkga.