Argentinalik hujumchi Xulian Alvares «Atletiko» Madrid «Arsenal»ning o‘yinchisi bo‘lmaydi. Bu haqda Tribuna xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, Alvaresning aniq pozitsiyasi bor: u yoki «Barselona»ga o‘tadi, yoki «Atletiko»da qoladi. Argentinalik forvard «Arsenal»ga o‘tish va umuman Angliyaga qaytish variantini ko‘rmayapti. Biroq, bu sport jihatlari bilan bog‘liq emas — o‘yinchi oila sabablari bilan Ispaniyani tark etmoqchi emas.

Avvalroq Alvares «Atletiko» klubining bazasida bir necha kun davomida yo‘q bo‘lgandan so‘ng, individual mashg‘ulot o‘tkazdi.