Yarim himoyachi «Bornmut» Aleks Skott Angliya terma jamoasi yig‘inida jiddiy jarohat oldi.
23 yoshli futbolchi Xorvatiyaga qarshi o‘tkazilgan Millatlar ligasi o‘yini (7:0) davomida 70 daqiqa maydonda bo‘ldi va jarohat oldi. The Touchline ma'lumotlariga ko‘ra, muxlislar «uch sher» murabbiylar shtabining yarim himoyachining o‘yin vaqtini boshqarishidan norozilik bildirmoqda: jarohatni oldini olish mumkin edi, chunki o‘yinchi xorvatlar bilan o‘yin boshlanishidan oldin noqulaylik his qilgan.
Aleks Skott taxminan ikki oy maydonga tusha olmaydi. «Bornmut» yulduzining Angliya terma jamoasidagi debyuti 29 sentyabrda Chexiyaga qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tdi.
