«Barselona» himoyachisi Jul Kunde Angliya Premer-ligasidagi top-klublar orasida qiziqish uyg'otmoqda.
Fransuz futbolchisi bilan bog'liq vaziyatni «Arsenal», «Liverpul», «Chelsi», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» diqqat bilan kuzatmoqda, deb xabar beradi Barca Universal Sportga tayanib. 27 yoshli futbolchi ketishga shoshilmayapti – u «sine-granatoviylar» safida davom etishni afzal ko'radi. Kataloniyaning katta klubi sotish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor, lekin faqat o'ziga foydali narxda.
Transfermarkt portali Kundenining bozor qiymatini 55 million evro deb baholamoqda. Futbolchining «Barselona» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
