Londondagi Chelsi yarimhimoyachisi Enzo Fernandes «Manchester Siti»ga yaqinlashdi.
Muallifit insayder Fabrizio Romano xabar berishicha, «shaharliklar» argentinalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib oldilar. Endi hamma narsa klublarga bog‘liq.
Ma'lum qilinishicha, «Manchester Siti» hali «Chelsi»ga rasmiy taklif yubormagan, lekin tomonlar o‘rtasida aloqalar yaqin kunlarda kutilmoqda. Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, muzokaralar fonida Enzo Fernandes «Chelsi»ning yaqinlashayotgan APL o‘yini uchun maydonga tushmasligi mumkin.
Avvalroq, «ko‘klar» 25 yoshli yarimhimoyachini 140 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekanliklari xabar qilingan, ammo «Manchester Siti» bu narxni pasaytirishga harakat qilmoqda.
