«Pari Sen-Jermen»ning qanot hujumchisi Bredli Barcola yaqin vaqt ichida «Liverpul» futbolchisi bo'ladi. Ushbu ma'lumotni mashhur insayder Fabrizio Romano e'lon qildi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, klublar 23 yoshli fransuzning o'tishi bo'yicha kelishuvga erishgan. Shartnoma summasi 117 million evro bo'lib, bonuslar bilan birga 164 million evrogacha yetishi mumkin. Kelasi 24 soat ichida klublar hujjat almashinuvi o'tkazadi.

Bredli Barcola 2023 yilning yozidan buyon «PSJ»da o'ynaydi. O'sha vaqtdan beri u 152 uchrashuvda qatnashib, 39 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan va 37 ta golli uzatmani amalga oshirgan.