Krayniy napadachi «Arsenal»dan Gabriel Martinelli yaqin kelajakda «Al-Hilal»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda mashhur jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar oxirgi bosqichga yetib borgan. Bitimning umumiy summasi 60 million evro bo‘lishi kutilmoqda. O‘zi esa braziliyalik futbolchi «Al-Hilal» bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolashi va yiliga 20 million evro maosh olishi kutilmoqda. Barcha tomonlar bu bitimning amalga oshishiga ishonch bildirmoqda.

O‘tgan mavsumda 25 yoshli Martinelli barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.