Forvard Liam Delap Londondagi «Chelsi»dan «Nottingem Forest»ga o‘tdi. Bu haqda «o‘rmonchilar» matbuot xizmati ma’lum qildi.
23 yoshli ingliz futbolchisi «Nottingem Forest» bilan besh yillik shartnoma imzoladi. U yangi jamoasida 19-raqam ostida o‘ynaydi.
«Men bu tarixga boy klubda ishlashni intiqlik bilan kutyapman. Men murabbiy bilan suhbatlashdim va uning g‘oyalari menga yoqdi. O‘ylaymanki, u menga taraqqiyot qilishimda yordam bera oladi va keyingi qadamni qo‘yishimga yordam beradi. Umid qilamanki, jamoaga gollarim bilan yordam bera olaman», — dedi Delap «o‘rmonchilar» matbuot xizmatiga.
Delap «Chelsi»da faqat bir mavsum o‘tkazdi. «Ko‘klar» formasida u 47 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va beshta assist berdi.
