«Everton» yarim himoyachisi Martin Sherif stavkalar bo‘yicha ishda aybini tan oldi va Angliya Futbol Assotsiatsiyasi (FA) tomonidan 6 ming evro jarimaga tortildi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Sherif 2024 yil 20 noyabrdan 2026 yil 12 fevralgacha bo‘lgan davrda bir qator o‘yinlarga 61 ta prognoz qilgani ma’lum. Futbolchi shaxsiy ravishda ushbu stavkalarni qilmagani, lekin bu hisoblar uning nomiga ro‘yxatga olingan va o‘zi tomonidan to‘ldirilganligini tan oldi. Umumiy stavkalar miqdori taxminan 2,3 million evroni tashkil etdi.

Regulyator komissiyasi Sherifning «samimiy pushaymonligini» ta’kidlab o‘tgan. Shuning uchun FA futbolchiga sportda diskvalifikatsiya qo‘llamadi va faqatgina pul jarimasi bilan cheklanishni ma’qul ko‘rdi.