«Coventry Siti» bosh murabbiyi Frenk Lempard «Manchester Siti»ning moliyaviy qoidalarni buzgani sababli chempionlik unvonlaridan mahrum qilinishi mumkinligi haqidagi fikrlarini bildirdi.
- Menda unvonlar bor, lekin ular devorimda emas. Ular mening xotiramda saqlanadi. Eng yaxshi futbolchilar bilan o'ynagan va raqobatlashgan ko'pchilik ulkan mehnat qilgan. Shuning uchun, o'yinchidan unvonni olish juda qiyin bo'ladi. Bunday yutuqlar xotirada qolishi kerak, go'zal shisha shkafda yoki boshqa joyda emas, - deydi Lempard The Athletic'ga bergan intervyusida.
Lempard 2014/15 yilgi mavsumda «shahar» jamoasi safida o'ynagan, «Chelsi»dan ketgandan so'ng bir yil davomida u yerda bo'lgan.
«Manchester Siti» 2009 yildan 2018 yilgacha moliyaviy qoidalarni buzganligi uchun aybdor deb topildi, ammo oxirgi jazoni hali belgilashmagan.
