«Liverpul» rahbariyati jamoani kuchaytirish ustida ishlamoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Floriyan Pletternberg xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Merseysayd gigantining transfer muddati tugashidan oldin yana ikki-uch transferni amalga oshirish rejalari bor. «Qizillar»ning qiziqishida Bradsli Barkola («PSJ») va Yankuba Minta («Brayton») bor. Ushbu ikki futbolchi klub rahbarlari uchun ustuvor maqsad hisoblanadi.

Yangi Angliya Premer-ligasining dastlabki turida «Liverpul» «Nyukasl»ga qarshi safarda o'ynadi. Jamoalar 2:2 hisobida durang o'ynashdi.

«Qizillar»ning keyingi o'yini 29-avgustda o'z maydonida «Nottinhem Forest»ga qarshi bo'ladi.