Juma kuni «Manchester Yunayted» Madridda «Atletiko»ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. «Matrasniklar» oldinga 1-daqiqada Pablo Barriosning goli bilan chiqdi, 79-daqiqada esa Ademola Lukman hisobni yakunladi.

«Juda yomon, juda yomon, – deydi himoyachi Lissandro Martinez o'yindan keyingi intervyusida. – Men o'zimi tutishim kerak, lekin bu bizning klubimiz qayerda ekanligini ko'rsatadi. O'tgan mavsumni ajoyib o'tkazdik, lekin tarkibni kuchaytirishimiz kerak, chunki raqiblar ham o'yinchilarni sotib olishmoqda. «Atletiko» ajoyib jamoa, ular g'alabaga loyiq.

Ha, men klubdan [transfer bozorida] ko'proq sarmoya kutyapman. Bizdan texnik direktorimizdan ko'proq kutyapman. Biz maydonda yaxshiroq o'ynashimiz kerak, lekin muhim bo'lgan narsa, bizda kerakli darajadagi tarkib bo'lishi. Murabbiy tanqid qilinmoqda, lekin, ehtimol, muammo shundaki, unga yetarlicha yordam ko'rsatilmagan? U hamma narsani qilishga harakat qilmoqda. Murabbiylarni doimiy ravishda almashtirish mumkin emas», – deydi argentinalik futbolchi BBCga.

Premyer-ligada «qizil jinnilar» oltita turdan so'ng olti ochko bilan 13-o'rinda turibdi.