Mustaqil futbol regulyatori rahbari Devid Kogan «Manchester Siti» ishida siyosiy ta'sir haqida fikr bildirdi.

«Men mustaqil futbol regulyatorining raisiman va mustaqillik bizning barcha ishlarimizda muhim ahamiyatga ega. Hech bir siyosatchi bizning ishlarimizga ta'sir o'tkazishga harakat qilmagan va qilmaydi», — deya Kogan BBCga ma'lum qildi.

U siyosiy bosim ostida bo'lsa, iste'foga chiqishini ta'kidladi.

Oldinroq, Angliya Premer Ligasi (APL) mustaqil komissiyasi «Manchester Siti»ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda moliyaviy qoidalarni bir necha bor buzganligi uchun aybdor deb topdi. Klub bu qaror bilan rozi emas va apellyatsiya berdi.