Mustaqil ingliz futbol regulyatori (IFR) hisobotiga ko'ra, 2025-26 mavsumda beshta yuqori divizion klublarining 94% zarar ko'rdi. 60% dan ortiq jamoalar texnik jihatdan to'lov qila olmaydi.

Regulyator ma'lumotlariga ko'ra, 66% klublar egalari moliyalashtirishsiz 90 kundan ortiq yashay olmaydi. Shuningdek, 60% jamoalarda biznes-reja yo'qligi qayd etilgan, deya xabar beradi BBC.

2024-25 mavsumda APL klublarining o'rtacha daromadi 341 million funt sterlingni tashkil etdi - bu, Chempionship jamoasidan 8,7 baravar ko'pdir.

2025-26 mavsumda ingliz klublarining sof transfer qarzi 3,3 milliard funtga yetdi.

IFR APL va pastki divizion klublari o'rtasida daromadlarni yangi taqsimlash bo'yicha kelishuvga chaqirdi, bu esa klublarning moliyaviy barqarorligini oshirishga yordam beradi.