Sobiq Fransiya milliy terma jamoasi futbolchisi Emmanuel Peti «Liverpool»ning qanot hujumchisi Bradley Barcola haqida tanqidiy fikr bildirdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, fransuz futbolchisi ingliz klubiga «PSJ»dan 140 million evro evaziga o‘tgan bo‘lsa-da, hozircha o‘z narxini oqlay olmayapti.
«Liverpool Barcola uchun juda ko‘p pul sarfladi. Men hech qachon unga 120 million funt sarflamasdim. Biz hammamiz uning yaxshi o‘yinchi ekanligini bilamiz, ba'zida u ajoyib bo‘lishi mumkin, lekin o‘yinda barqarorlik yetishmayapti», - dedi Peti talkSPORT efirida.
Barcola barcha musobaqalarda Merseysaydlardan olti uchrashuvda ishtirok etdi, lekin birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmadi.
