Avvalgi «Liverpul» himoyachisi Djeimi Karrager Buyuk Britaniya soliq xizmatiga (HMRC) bo'lgan qarzini to'lagan. Bu haqda liverpool.com xabar bermoqda.

13-oktabr, seshanba kuni, sudya Nikolaz Briggz 48 yoshli sobiq futbolchini bankrot deb tan olish to'g'risidagi arizani rad etdi, chunki soliq xizmatining vakili qarz to'langanligini tasdiqladi. Qarzdorlikning aniq miqdori sudda oshkor etilmadi.

Bankrotlik arizasi avgust oyida berilgan. Oldinroq, qarzning taxminan 750 ming funt sterling (taxminan 1 million dollar) atrofida bo'lishi mumkinligi xabar qilingan edi.

«Bu shaxsiy masala bo'lib, uni oldin hal qilish kerak edi. Bugun qarzni to'lash uchun zaruriy qadamlar qo'yilmoqda», - dedi Karragerning vakili.

Karrager professional faoliyatini «Liverpul»da o'tkazdi va klub uchun 737 ta o'yin o'tkazdi. Hozirda u Sky Sports va CBSda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritmoqda.