«Manchester Siti» argentinalik yarim himoyachi Chelsi» Enzo Fernandesni sotib olish bo'yicha ish olib bormoqda. Bu haqda insayder Janluka di Marsio saytida ma'lum qilindi.

Chop etilgan ma'lumotlarga ko'ra, «shahar jamoasi» yulduzli yarim himoyachini transfer qilish jarayoniga yaqinlashmoqda. Klub joriy haftaning oxirigacha bitimni rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda. «Chelsi», o'z navbatida, Fernandesning transferi uchun 140 million evro talab qilmoqda.

Enzo 2023 yilning qishidan beri Londondagi jamoani himoya qilmoqda. O'tgan mavsumda argentinalik yarim himoyachi 54 uchrashuvda ishtirok etib, 15 gol urdi va 7 golli uzatma berdi.