«Nyukasl» 21 yoshli «Lill» qanot o'yinchisi Mattyas Fernandes-Pardo transferi bo'yicha muzokaralarga kirishdi. Belgiyalik futbolchining fransuz klubi bilan shartnomasi 2029 yilgacha davom etadi, ammo u hali ham jamoani tark etishni xohlaydi.
L’Equipe ma'lumotlariga ko'ra, ingliz klubi 40 million evro miqdorida bonuslarsiz taklif yuborgan. Avvalroq Fernandes-Pardo'ga qiziqish bildirgan «Atletiko» 5 million evro kam taklif qilgan edi.
Nyukasl»ning moliyaviy imkoniyatlari fransuz klubining pozitsiyasini o'zgartiradigan bitimga umid qilish imkonini beradi.
O'tgan mavsumda Fernandes-Pardo 41 o'yinda 8 gol urdi va 7 golli uzatmalar berdi.
