«Arsenal» Angliya Premer-ligasida ikkinchi marta chempion bo'lish uchun juda yaxshi imkoniyatlarga ega. Bu fikrni taniqli sobiq futbolchi Gari Nevil bildirdi.

«Hozirda «Arsenal» o'zini juda ishonchli his qiladi. Men hech qachon bunday ishonchda bo'lmaganman – va bilasizmi, mavsum oxirida menda xato bo'lishi mumkin, – lekin birinchi o'yindan so'ng men mutlaqo ishonch bilan aytaman, biz Angliya chempioni bo'lishi mumkin bo'lgan jamoani ko'rayapmiz», - dedi Nevil.

Yangi mavsumning birinchi o'yida Mikel Arteta jamoasi elit divizionning yangi a'zosi – «Koventri»ni (3:0) ishonchli tarzda mag'lub etdi. Ikkinchi turda «kanonirlar» «Aston Villa»ga mehmon bo'lishadi.