«Chelsi» 23 yoshli Aleks Skott uchun «Bornmut»ga uchta taklif yubordi, ammo barchasi rad etildi. The i Paper ma'lumotlariga ko'ra, londonlik klub futbolchi uchun 72 dan 79 million evrogacha taklif qilgan.

«Bornmut» bu transfer oynasida Skotni sotmoqchi emas. Klub o'zining asosiy futbolchilarini himoya qilish borasidagi pozitsiyasini o'yinchilarga, agentlarga va qiziqish bildirgan jamoalarga yetkazdi.

«Bornmut» boshqa klublardan qiziqish bo'lishiga qaramay, Skott va Eli Junyor Krupiyni saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Rahbariyat yangi bosh murabbiy Marko Rozega jamoaning Yevropa Ligasidagi birinchi mavsumiga eng kuchli tarkibni taqdim etishni xohlaydi.