Yarim himoyachi «Manchester Siti» Rodri, matbuot tomonidan nafaqat «Real», balki «Barselona» bilan ham bog'lanmoqda. Kataloniyaliklar ham «Oltin to'p» egasini qo'lga kiritish uchun kurashga kirishishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

AS sahifalarida Rodri aniq ma'lum qilgan: agar u «Manchester Siti»ni tark etsa, faqat «Real» uchun o'ynash maqsadida bo'ladi. Qiziqish bildirgan klublar 30 yoshli futbolchining pozitsiyasini allaqachon bilib olishdi.

Shuni qo'shish joizki, nufuzli Transfermarkt portali Rodrini 55 million evroga baholamoqda. Yarim himoyachining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha davom etadi.